Luigi Pirandello (1867.28.6, Jirjenti, Agrijento — 1936-yil, 12-oktyabr, Rim) — italyan yozuvchisi, dramaturgi. 1889-yil birinchi sheʼriy toʻplami, 1901-yilda birinchi romani — "Chetlashtirilgan ayol" bosilgan. "Marhum Mitta Paskal" (1904) romani muvaffaqiyatli chiqqan. Unda "qiyofa va niqob" mavzusi yoritilgan. Moddiy tomondan nochor yashagan Pirandello 1915-yil sahnalashtirilgan "Agar shunday boʻlmasa..." pyesasidan soʻng butkul dra: maturgiyaga oʻtib ketgan. "Olti personaj muallifni qidiradi" (1921) va "Genrix IV" (1922) pyesalari Pirandello ijo-dining choʻqqisi hisoblanadi. Nobel mukofoti laureati (1934)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:1867-yilda tugʻilganlar Turkum:28-iyunda tugʻilganlar Turkum:1936-yilda vafot etganlar Turkum:10-dekabrda vafot etganlar