"PILLA-XOLDING" — pillachilik sohasidagi xolding kompaniya. "Pilla-xolding" Oʻzbekistondagi pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab chiqariladigan pillachilik korxonalari, ipak qurti tuxumi tayyorlanadigan zavodlar, ipak qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, ipakchilik institutini oʻz ichiga olgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmoni (1998-yil 30-mart) va Vazirlar Mahkamasining "Respublikada pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga (1998-yil 3-aprel) koʻra tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 22-dekabrdagi farmoni bilan vazifalari "Uzbek ipagi" uyushmasiga oʻtkazilib, tugatildiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Endilikda pillachilikni, innavatsion gʻoyalar asosida yanada takomillashtirish asosiy vazifa etib qoʻyildi.
Manbalar