PERUTS (Perutz) Maks Ferdinand (1914.19.5 Vena — 2002.6.2) — ingliz biokimyogari (asli avstriyalik). 1936-yildan Kembrij universitetida ishlagan. London qirollik jamiyati (1954), Amerika sanʼat va fan akademiyasi (1963), Avstriya Fanlar akademiyasi (1963) akademik, Kembrij universitetining molekulyar biologiya laboratoriyasi mudiri (1962-yildan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biologiya bilan bogʻliq. Izomorf almashtirish (ogʻir metallar atomlarini oqsil molekulasiga kiritish) metodini ishlab chiqqan (1953). Rentgen-strukturaviy tahlil qilish, izomorf almashtirish usullari hamda kompyuter texnologiyasi yordamida gemoglobin molekulasi strukturasini aniklagan va uning modelini yaratgan (1960). Nobel mukofoti laureati (1962, J. K. Kendryu bilan hamkorlikda)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:19-mayda tugʻilganlar Turkum:2002-yilda vafot etganlar Turkum:6-fevralda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari