Hamroxon Omonova (1918.20.2, Navbahor tumani – 1996.26.9, Kattaqoʻrgʻon shahri) – Oʻzbekiston xalq artista (1981), 1945—96 yillar A. Majidiy nomidagi Kattaqoʻrgʻon teatrida aktrisa. Asosiy rollari: Oysara, Xolcha (K.Yashin, „Gulsara“, „Nurxon“), Maysara, Hoji ona (Hamza, „Maysaraning ishi“, „Boy ila xizmatchi“), Fotima (S.Jamol, „Foti-ma Sabriy“), Adolat (Uygʻun, „Parvona“), Xosiyat xola (I.Sulton, „Imon“), Boʻston xola (A.Qaxlor, „Ayajonlarim“), Farmonbibi (S.Ahmad „Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Qumri (Oʻ. Umarbekov, „Qargʻalar uchsa qaraylik“), Sunbul (H. Gʻulom, „Ajab savdolar“) va boshqaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:20-fevralda tugʻilganlar Turkum:26-sentabrda vafot etganlar