Ommaviy qirgʻin qurollari — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirgin qilish) xususiyatlariga koʻra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq hisoblanadi. Ommaviy qirgʻin qurollari jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, asorat qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. Ommaviy qirgʻin qurollari ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi deyarli cheklan-magan. Hozircha Ommaviy qirgʻin qurollari eng katta zaxirasi ikki yirik davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shimoliy Koreya, Iroq va boshqa baʼzi davlatlar Ommaviy qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish va zaxira hosil qilish harakatida. Ommaviy qirgʻin qurollaridan mudofaa qilish choratadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqilgan. Baʼzi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalar)da aholini ommaviy qirgʻin qurollari q.dan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombapanalar mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashgʻulotlar oʻtkazib turiladi (qarang Bakteriologik qurol, Kimyoviy qurollar, Yadro quroli)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Arsenal "Uchinchi olam" davlatlari 1992 yilgi OQQDavlatBallistik raketaKimyoviy qurollarBakteriologik qurolYadro quroliboʻlishi mumkinboʻlishi mumkinehtimoliyehtimoliyehtimoliyehtimoliyboʻlishi mumkinehtimoliyv razrabotkeboʻlishi mumkinboʻlishi mumkinehtimoliyehtimoliyveroyatnoehtimoliyehtimoliyehtimoliyehtimoliyboʻlishi mumkinboʻlishi mumkinboʻlishi mumkinboʻlishi mumkinehtimoliyveroyatnoehtimoliyehtimoliyboʻlishi mumkinehtimoliy
Yana qarang Nanoqurol
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ommaviy qirgʻin qurollari Turkum:Harbiy terminologiya