Olein kislota (lotincha oleum - yog , moy), CH3(CH2)7CH=CH(CH2)7COOH— bir asosli toʻyinmagan yogʻ kislota. Mol. m. 282,46, kristall holdagi 2 ta modi-fikatsiyasi (a,R) bor: a - shaklining suyuqlanish temperaturasi 13,4°, (3- shaklining suyuqlanish temperaturasi esa 16,3°. Qaynash temperaturasi 225—226°. Olein kislota — tabiatda keng tarqalgan kislotalardan biri; hayvon va oʻsimlik yogʻlarida triglitserid holidauchraydi. Olein kislota lok, emal, alifmoy va boʻyoqlarning asosi boʻlib xizmat qiladi. Baʼzi efirlari sellyuloza plastifikatorlari sifatida ishlatiladi. Olein kislota tuzlari sovundirOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Kislotalar