Nottingem () — Buyuk Britaniyaning markaziy qismidagi shahar, Nottingemshir grafligining maʼmuriy markazi. Trent daryosi boʻyida. Aholisi 282,4 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Nottingem — mamlakatning yengil sanoat markazi. Toʻqimachilik (xususan, ip gazlama), tamaki, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati korxonalari mavjud. Velosiped va mototsikllar ishlab chiqariladi. Nottingem yakinida koʻmir havzasi joylashgan. Universitet bor. XI-XIX asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shahar IX asrdan maʼlum.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Turkum:Buyuk Britaniya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar