Norak ges – Tojikistondagi eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri, Vaxsh daryosida, Norak shahri yaqinidagi Pulitangin darasida 1961-yildan qurila boshlagan. GESning loyiha quvvati 2700 MVt (300 MVtli 9 agregatdan iborat). 2 ta agregati 1972-yilda, oxirgi agregati 1979-yilda ishga tushirilgan. GES yiliga 11,2 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chikaradi. Tojikiston janubidagi sanoat majmualarini energiya bilan taʼminlaydi. GES suv ombori, toʻgʻon va elektr stansiyasidan iborat. GES toʻgʻoni balandligi 310 m dan ortiq (jahonda eng baland toʻgʻon). Bu toʻgʻon oʻrtacha 645 m³/sek suv oʻtkazadigan uskunalar bilan jihozlangan. GES 275 m suv bosimi ostida ishlaydi. Elektr energiyasi 500 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari orqali Oʻrta Osiyo „Energiya“ birlashgan energetika tizimiga ulanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar