Abdulla ibn Burayda maqbarasi – Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorligi (XI asr, meʼmori Abu Bakr). Turkmaniston hududida. Vakil Bozor qabristoni yaqinida joylashgan. Murabba tarhli (tashqi 3,8x3,8 metr, ichki 2,6x2,6 metr) maqbara, tomi – chortoq gumbaz. Peshtoq yuqorisiga naqsh ishlangan, gʻishtin belbogʻida kufiy yozuvi bor. Ichki qismi (devori va ravoqlari) oʻyma va islimiy naqshlar bilan bezatilgan, ular orasida nasx yozuvlari saqlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil..

Manbalar

Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Shaxsiyatlar loyihasi maqolalari Turkum:Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar